“Siti” markaziy himoyachisi kelajagi qanday bo‘lishini bilmayapti

  • 10.08.2025 09:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti”ning tajribali markaziy himoyachisi Jon Stounz jarohat tufayli o‘tgan mavsumning katta qismida jamoaga yordam bera olmagan edi.

Xosep Gvardiola jamoasida avlodlar almashinuvini amalga oshirayotganini inobatga olib, ko‘p manbalar 31 yoshli Jon Stounzning ham ketishi haqida  ma’lumot tarqata boshladi.

Bu vaziyatga futbolchining o‘zi fikr bildirdi.

O‘zimga ham jamoadan ketishim haqida ko‘p aytishyapti, lekin menda bu borada aniq ma’lumot yo‘q. To‘g‘risi, bu biroz kulgili holat. Bunaqa mish-mishlar qaerdan va nega chiqishini yaxshi bilaman. Izoh berishga hojat yo‘q.

“Manchester Siti”da o‘ynash menga yoqadi, hech kim bilan muzokara o‘tkazilmayapti. Men bu erda kurashish, o‘ynash va sovrin yutish umidida yuribman, - dedi Jon Stounz.

Ta’kidlash joizki, Jon Stounzning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning 30 iyunida yakunlanadi. Hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha hali hech qanday harakatlar kuzatilgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!