“Siti” uch yilda transferlarga dahshatli summa sarflagani oshkor bo‘ldi
Sky Sports ma'lumotiga ko‘ra, “Manchester Siti” klubi so‘nggi uch yil ichida yangi futbolchilarni xarid qilish uchun umumiy hisobda 824 million funt (964 million yevro) sarflagan.
Bu summaga yaqinda “Nottingem Forest”dan Elliot Andersonning 116 million funt (136 million yevro) evaziga sotib olinishi ham kiritilgan.
Bu transfer Andersonni eng qimmat angliyalik futbolchiga aylantirdi.
So‘nggi uch yilda “Manchester Siti”dan ham ko‘proq mablag‘ sarflagan yagona klub – “Chelsi” bo‘lib, londonliklar yangi futbolchilar uchun taxminan 1 milliard funt (1,17 milliard yevro) to‘lagan.
“Manchester Siti”ning bu ko‘rsatkichiga 2025 yilning 20 yanvarida Frantsiya “Lans” klubiga Abduqodir Husanov uchun to‘langan 40 million yevro miqdoridagi transfer puli ham kiradi.

Fikrlar