
"Siti" va "Chelsi" 18 yoshli xorvatiyalik futbolchini kuzatmoqda
Zagrebning “Dinamo” klubi yarim himoyachisi Antonio Marin “Manchester Siti”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Ta’kidlash kerakki, UEFA yoshlar ligasi doirasida “Manchester Siti” va “Dinamo Z” (2:2) jamoalari o‘yinida “shaharliklar” skautlaridan tashqari shuningdek “Chelsi” va “Vilyarreal” vakillari ham 18 yoshli xorvatiyalik futbolchini kuzatib borishdi. Shu kuni u bitta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Ma’lumot uchun, Marinning “Dinamo” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar