“Siti” va “Yunayted” raqib futbolchisini olib qo‘ymoqchi

  • 28.01.2026 17:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” skautlari “Vest Xem”ning 21 yoshli markaziy yarim himoyachisi Mateush Fernandesni kuzatuvga oldi.

Bu haqida jurnalist Ekrem Konur Sports Boom portali uchun xabar berdi.

Manba maʼlumotiga koʻra, portugaliyalik futbolchining shartnomasida “bolgʻaurarlar”  APLdan tushib ketsa, muddatidan oldin shartnomani bekor qilish bandi mavjud.

“Vest Xem” rahbariyati jamoa ligadan tushib ketishi va ushbu band faollashishi holatida oʻyinchi boʻyicha muzokaralarda ularning pozitsiyalari zaiflashishini yaxshi tushunib turibdi. Shu bois, londonliklar Fernandesni yanvar oyida sotish uning bozor qiymatini saqlab qolishning eng samarali yoʻli, deb hisoblamoqda.

Joriy mavsumda portugaliyalik barcha musobaqalarda 24 ta oʻyinda qatnashib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, uning bozor qiymati 32 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!