
"Siti" yarim himoyachisi "Bavariya" nishonida
Kalvin Fillips keyingi transfer oynasida "Bavariya"ga o‘tishi mumkin.
"Bild" jurnalisti Kristian Falkning yozishicha, "Manchester Siti" yarim himoyachisi "Bavariya"ning qishgi transfer oynasidagi ehtimoliy maqsadlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
2023/24 yilgi mavsumda Fillips “Manchester Siti” safida barcha musobaqalarda 5 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 167 daqiqani maydonda o‘tkazdi.
Fikrlar