"Siti" yulduzi Afrika kubogida tarixiy rekord o‘rnatdi

  • 24.12.2025 08:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Marokash mezbonlik qilayotgan qit’a chempionat guruh bosqichidagi ushbu o‘yinda misrliklar birinchi bo‘lib gol o‘tkazganiga qaramay, Marmush va Muhammad Salohning gollari evaziga 2:1 hisobida zafar quchdi.

“Manchester Siti” hujumchisi Umar Marmush Misr milliy terma jamoasi safida Afrika Millatlar kubogi “V” guruhida Zimbabve futbolchilariga qarshi o‘tkazo‘ilgan o‘yinda noyob natija qayd etdi.

Opta Sport ma’lumotlariga ko‘ra, Marmush turnir tarixida bir o‘yinda raqib darvozasiga 8 tadan ortiq zarba bergan va 7 tadan ko‘p muvaffaqiyatli dribling ishlatgan ilk futbolchi bo‘ldi.

Misr terma jamoasi bu kvartetda Janubiy Afrika Respublikasi va Angola terma jamoasi bilan ham raqobatlashadi. Keyingi tur uchrashuvlari 26 va 29 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!