“Siti” yulduzi haqida yolg‘on xabar tarqatishdi

  • 11 may, 10:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne chempionat tugashi bilan klubni tark etishi kerakligi ancha oldin e’lon qilingan edi.

Tecno

Ayni paytda Evropa, AQSh va Saudiya Arabistonining bir necha klublari belgiyalik yulduzni hamkorlikka chorlamoqda.

Yaqinda Angliya Premer-ligasida muddatidan oldin chempionlikka erishgan “Liverpul” Kevin de Bryuyneni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turgani haqida ma’lumotlar tarqatilgandi.

Britaniyalik mashhur insayder David Ornshteyn bu masalaga oydinlik kiritib, bu xabarlarning bari yolg‘on ekanini ta’kidladi.

Ornshteynning aytishicha, “Liverpul” mutasaddilarining  kelasi oy 34 yoshga to‘ladigan futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish maqsadi yo‘q. Ular loyihaga iste’dodli yosh o‘yinchilarni jalb qilishni ma’qul ko‘rmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!