“Siti” yulduzi: Men ketaman!

  • 7 iyul, 2021, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi hujumchisi Rahim Sterling “Manchester Siti”ni tark etib, boshqa klub sharafini himoya qilish borasida bosh qotirmoqda.

O‘z navbatida, bosh murabbiy Xosep Gvardiola 26 yoshli futbolchiga ishonch bildirishda davom etadi va klub xo‘jayinlaridan unga yangi shartnoma taklif qilishini so‘rayapti.

Sterling 2015 yildan beri “shaharliklar” safida to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi.

Yakunlangan mavsumda 49 ta uchrashuvda 14 ta gol urib, 12 ta golli pas uzatgan tezkor futbolchiga “Real”dan taklif bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!