“Siti”ning eng foydali oʻyinchisi nomi aniqlandi
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand ESPN nashri tomonidan joriy mavsumda klubning eng foydali futbolchisi, deb topildi.
Norvegiyalik forvard barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuv o‘tkazib, 30 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etgan. Bu ko‘rsatkich Premier-ligadagi boshqa barcha o‘yinchilardan gol+pas tizimida kamida 12 ballga yuqori.
ESPN ekspertlari APLning top-klublari uchun eng qimmatli futbolchilar ro‘yxatini tuzishda gol+pas tizimidan tashqari, o‘yinchilarning shaxsiy mahorati hamda jamoa taktikasiidagi ahamiyatini ham inobatga olgan.
Tadqiqotda faqat joriy mavsumda Premier-liga va Chempionlar ligasida kamida 900 daqiqa maydonda bo‘lgan futbolchilar ko‘rib chiqildi.
Tahlil jarayonida Opta va Gradient Sports analitik platformalaridan ma’lumotlaridan foydalandi.
Fikrlar