
“Siti”ning ikki yulduzi raqib taklifini rad etdi
“Manchester Siti”ning etakchi futbolchilari Rahim Sterling va Riyod Mahrez “Arsenal”ning taklifini qabul qilmadi va “shaharliklar” safida qolishini ma’lum qildi.
Aslida Xosep Gvardiola yozda bir necha futbolchilar qatori bu ikki o‘yinchini ham sotib yubormoqchi edi.
Har ikki hujumkor yarim himoyachi klub rahbariyati va bosh murabbiy bilan kelajagi haqida suhbatlashib olishni maqsad qilgan. Bu uchrashuv Evropa chempionatidan keyin iyul oyida tashkillashtiriladi.
“Manchester Siti” yakunlangan mavsumda Angliya chempionatida g‘olib chiqqaniga qaramay, Evropa Chempionlar ligasi finalida “Chelsi”ga imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar