"Siti"ning tajribali futbolchisi qishda jamoani tark etishi mumkin
"Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva keyingi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik yarim himoyachi "Benfika" klubining qiziqish doirasiga tushgan. "Shaharliklar" allaqachon Portugaliya jamoasiga o‘yinchi bilan muzokara olib borishga ruxsat bergan. Transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin.
Bernardu Silva 2017 yilda Frantsiyaning "Monako" klubidan "Manchester Siti"ga o‘tgan edi. Futbolchi Angliyada jami 410 ta o‘yin o‘tkazib, 72 ta gol urgan va 73 ta golli uzatma bergan. "Transfermarkt" portali 31 yoshli yarim himoyachini 38 million evroga baholamoqda.
Fikrlar