“Siti”yulduzi eski jamoasiga ketadi

  • 20.03.2026 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti”ning eng tajribali markaziy himoyachisi Jon Stounz joriy mavsum yakunlangach “shaharliklar” safini tark etishi kutilyapti.

TEAMtalk nashri ma'lumotiga koʻra, 31 yoshli futbolchiga avval oʻzi oʻynagan “Everton” jamoasi qiziqish bildirgan.

Mersisaydliklar oʻyinchini yozda, manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi tugagach, erkin agent maqomida tarkibga qoʻshib olishni istamoqda.

Jon Stounz 2016 yilda “Everton”dan 55 million yevro evaziga “Manchester Siti”ga oʻtgan edi.

Joriy mavsumda himoyachi manchesterliklar safida barcha turnirlarda 15 ta oʻyin oʻtkazdi. Uning keyingi paytlarda jarohatga moyil boʻlib qolgani “Siti”dagi faoliyatiga va oʻyin amaliyotiga salbiy ta'sir oʻtkaza boshladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!