Sizga media janglar kerakmi yoki haqiqatdan kuchli to‘qnashuvlar?

  • 25.02.2026 13:56
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC ning o‘rta vazn toifasi reytingida ikkinchi o‘rinni egalab turgan Nassurdin Imavov BAA vakili Hamzat Chimaev va amerikalik Shon Striklend o‘rtasida jang tashkil qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamadi.

"To‘g‘ri, gap-so‘zlar va turli haqoratlar sabab bu to‘qnashuvga qiziqish oshishi mumkin, biroq yakunda Chimaev Shonni birinchi raunddayoq yiqitadi va bo‘gib qo‘yadi. Buni barchamiz bilamiz. Men va Hamzat o‘rtasidagi bahsda esa treshtoklar bo‘lmaydi, lekin jang shiddatli o‘tishi aniq. Menimcha, endi muxlislar qaror qabul qilishi kerak. Ayting, yig‘itlar, sizlarga media janglar kerakmi yoki haqiqatdan kuchli to‘qnashuvlar?" – dedi Imavov "MMA Fighting" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Imavov "UFC Fight Night 258" turnirida Kayo Borraloni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!