Skamakka yana Shomurodov bilan bir jamoada to‘p tepishi mumkin

  • 28 iyun, 2023, 03:18
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" hujumchisi Janluka Skamakka Italiyaga qaytishi mumkin. 

Futbolchiga "Milan" klubidan qiziqishlar bo‘layotgandi. Biroq insayder Janluka Di Martsio bergan xabarga ko‘ra, hujumchi "Roma" safiga o‘tishni istaydi va "bo‘rilar" bilan og‘zaki kelishuvi mavjud. 

Ayni vaqtda futbolchi "bolg‘achilar"ning javobini kutmoqda. Uning o‘zi Italiyaga qaytish niyatida. 

Avvalroq, u Italiyaning "Sassuolo", "Kremoneze" hamda "Jenoa" klublari sharafini himoya qilgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдурахмон лидер
28/06/2023 09:25
Шома бошқа клубга ўтади манимча хатто бошқа чемпионатга