Skoulz: "Kerrik yozda "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin"
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz hozirda jamoani boshqarayotgan Maykl Kerrik yozda "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin, deb hisoblaydi.
"U "Tottenxem" uchun juda mos murabbiy bo‘lishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, bu meni ajablantirmaydi", — dedi Skoulz "The Good, The Bad & The Football" podkastida.
Shu bilan birga, MYu o‘yinidagi ijobiy o‘zgarishlarga qaramasdan, Skoulz mankunianlar baribir doimiy bosh murabbiy qidiradi, deb o‘ylaydi. Uning fikricha, klubga eng yuqori darajada ishlagani va katta g‘alabalari bilan o‘zini isbotlagan murabbiy kerak. Misol tariqasida u Tomas Tuxelni keltirdi.
"U shunday bir jamoaga keldiki, so‘nggi bir yil ichida vaziyat bundan yomon bo‘lishi mumkin emas edi. Ammo sen doimiy ravishda shu lavozimni egallagan zahoti, darhol g‘alaba talab qilinadi. Ular Ole [Gunnar Sulsher] bilan bog‘liq holatdan keyin ruhan jarohat olgan. Agar o‘sha voqea bo‘lmaganida, Kerrikning imkoniyatlari yuqoriroq bo‘lardi.
Lekin agar yozda Maykl, masalan, Tomas Tuxel bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelsa, bu yerda faqat bitta g‘olib bo‘ladi. Katta klublarni boshqarib, muhim sovrinlarni yutgan murabbiy", — deya qo‘shimcha qildi Skoulz.
Fikrlar