Skudetto uchun kurash avjida yoxud Milan klublaridan qaysi biri yakunda chempion bo‘ladi?

  • 21 may, 2022, 13:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha A Seriyada oxirgi 38-tur o‘yinlariga start berildi. Ertaga ushbu turning asosiy o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Parallel tarzda boshlanadigan "Inter" - "Sampdoriya" va "Sassuolo" - "Milan" uchrashuvlari chempionlik masalasini hal qilib beradi. Vaziyat ancha chigal ko‘rinsa-da, aslida, unday emas. 

Agar "Milan" raqibini mag‘lub etadigan bo‘lsa, "Inter"da hech qanaqasiga imkoniyat qolmaydi. "Rossonerilar" durang qayd etib, "neradzurrilar" u tomonda g‘alaba qozonsa ham o‘zaro bellashuvlardagi ustunlik sabab Pioli shogirdlari chempion bo‘ladi. 

Tabiiyki, Indzagi boshchiligidagi jamoaning ochko yo‘qotishi "ko‘k-qoralar"ni Skudettodan mahrum qiladi. Shu tariqa, Lautaro va uning jamoadoshlari "Sampdoriya"ni mag‘lub etishi shart va "Milan"ning "Sassuolo"ga imkoniyatni boy berishidan umidvor. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!