Slot: «Bu “Liverpul” bilan ajoyib sayohat bo‘ldi»

  • 30.05.2026 17:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

30 may kuni «Liverpul» matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Arne Slot bilan yo‘llar ajrayotganini ma’lum qildi. Niderlandiyalik mutaxassis iste’fodan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu «Liverpul» bilan birga ajoyib sayohat bo‘ldi. Ikki mavsum oldin chempionlikni qo‘lga kiritganimiz uchun minnatdorman», – deya Slotning so‘zlarini mashhur insayder Fabrizio Romano keltiradi.

Arne Slot 2024 yildan buyon angliyalik klubni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostidagi ilk mavsumdayoq «Liverpul» Angliya chempionatida oltin medallarga sazovor bo‘ldi.

O‘tgan mavsumda esa Angliya premier-ligasida mersisaydliklar musobaqani beshinchi o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!