Slot: "Galatasaray"ga qarshi o‘yinda mayda-chuyda narsalar bizning foydamizga hal bo‘lmadi"

  • 01.10.2025 03:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar Ligasi 2-turidagi mag‘lubiyatdan (0:1) keyin "Galatasaray"ning harakatlarini baholadi.

"Yana hafsalam pir bo‘ldi. To‘p bilan ham, to‘psiz ham "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yindan butunlay boshqacha tarzda o‘ynadik. Birinchi bo‘limda ancha yaxshi o‘ynab, 1:0 hisobida oldinga chiqish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘ldik. Ba’zida bunday vaziyatlarda (penalti kabi) bizni qandaydir tarzda chalg‘itishga erishishadi, buning uchun Dominik Soboslaini ayblay olmayman. Ular 20 foizlik penaltini 100 foizlikka aylantirishdi, juda ayyorona ish bo‘ldi. 

Biz o‘tgan mavsumda ko‘rsatgan darajamizdan unchalik uzoqlashganimiz yo‘q. Ba’zida bunday natijalar jadvalga bog‘liq bo‘ladi, "Galatasaroy"ga qarshi o‘yin aslo oson emas. Endi "Chelsi" bilan og‘ir o‘yin kutmoqda. Hamma narsa o‘tgan mavsumdagidek mayda-chuydalarga bog‘liq. Ketma-ket ikkinchi marta bu mayda-chuydalar bizning foydamizga hal bo‘lmayapti. Birinchi yarmida ko‘p narsani kuzatdim, ikkinchi yarmida esa ancha kamroq. Tanaffusdan keyin to‘p o‘yinda ko‘p bo‘lmaganini o‘ylayman, raqib hujumchisi to‘rt-besh marta maydonga yiqilib qoldi. O‘yin sur’atini ushlash qiyin bo‘ldi", – dedi Slot "Amazon Prime" efirida.

Shuningdek, murabbiy darvozabon Alisson jarohati sabab "Chelsi"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligini tasdiqladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!