Slot: "Gomes qanotda yoki markazda o'ynasin, yuqori saviya ko'rsata oladi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Jo Gomesning oʻyin pozitsiyasi haqida fikr berdi. Futbolchi baʼzan markaziy himoyachi sifatida, baʼzan esa oʻng qanotda harakat qiladi.
— Biz futbolchilarni oʻyin talablariga moslashtirishga harakat qilamiz. Gomesga esa qanot himoyachisi sifatida ehtiyoj bor va uni shu pozitsiya talablariga tayyorlayapmiz. U "Marsel"ga qarshi markazda juda yaxshi oʻyin koʻrsatdi, ammo "Inter"ga qarshi oʻng qanot himoyachisi sifatida ham yaxshi oʻynadi. U yuqori saviyani namoyish etish uchun koʻp oʻyin talab qilmaydi. Men uning bizda ekanligiga xursandman, chunki u toʻpsiz ham yaxshi. Shuningdek, men uning chiziqlar orasida samarali uzatishlarini ham yodda tutib qolaman. Ōyinlar orasida faqat ikki kun bor. Ertaga u asosiy tarkibda oʻynaydimi, koʻramiz, — dedi Slot matbuot anjumanida.
Shanba, 24 yanvar kuni, "Liverpul" safarda "Bornmut"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Fikrlar