Asosiy mazmunga oʻtish

Slot Soboslayning chetlatilishiga munosabat bildirdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Mutaxassis hakamlarning qarorlarini ham ta'kidladi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya chempionati doirasida "Manchester Siti"ga qarshi oʻyinda Dominik Soboslayning maydondan chetlatilishi haqida fikr bildirdi.

Vengriyalik futbolchi gol urish uchun ochiq imkoniyatni barbod qilgani sababli qizil kartochka olgan edi.

"Mening his-tuygʻularim oʻzgarmadi. Qizil kartochkani koʻrganimda, Soboslay “Sanderlend”ga qarshi oʻyinda ishtirok etmasligidan xafa boʻldim. Ammo boshqa tomondan qaraganda, hakam oʻz vazifasini bajardi, deb oʻylayman. Qoidalar bor va hakamlar ularga amal qilishga majbur", — dedi Slot seshanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Hozirda "Liverpul" Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q