Smolling Rimda qolishi mumkin

  • 01.11.2019 23:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Roma” klubi yozda “Manchester Yunayted”dan ijaraga olgan himoyachi Kris Smollingning transferini to‘liq sotib olmoqchi.

The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra rimliklar 29 yoshli angliyalik futbolchi uchun 15 mln evro taklif qilishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu Smollingni 20 mln evroga sotishga tayyor ekanligi haqida xabar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Smolling joriy mavsum A Seriyada 6 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!