
Sneyder futbolga qaytmoqda. O‘ynaydigan jamoasi ham ma’lum
“Ayaks”, “Real” va “Inter” kabi kuchli klublarda o‘ynagan Uesli Sneyder o‘zi tug‘ilgan Utrext shahri jamoasi muxlislari talabiga ko‘ra, yana futbolga qaytishga harakat qilmoqda.
Muxlislar Gollandiya terma jamoasining sobiq futbolchisidan “Utrext” jamoasiga yordam berishni so‘ragan. Uesli bu taklifni qabul qilgan holda, klub texnik direktori bilan gaplashishga va’da berdi.
Shuningdek, Sneyder fan-klub bilan faqatgina “Utrext” jamoasiga muxlislik qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Fikrlar