
Sobiq “bunyodkor”chidan Messiga aqlli maslahat
“Bunyodkor”da to‘p surgan Rivaldo “Barselona”dagi vaziyat bo‘yicha Lionel Messiga maslahat berdi.
- “Barselona” restartdan keyin ikkita o‘yinda g‘alaba qozondi, lekin Grizmann Kataloniyada “Atletiko”da ko‘rsatgan darajasiga chiqa olgani yo‘q. Uni ham Koutinoning taqdiri kutmayaptimi, deb o‘ylab qolasan. Futbolchi nimalarga qodirligini maydonda isbotlashi kerak. Gol kam urayotgani Grizmanning o‘ziga bo‘lgan ishonchini susaytirmoqda. Bu vaziyatda unga Messi yordam berishi kerak. Hech bo‘lmasa, “Barsa” o‘ziga qulay hisobda yutayotgan paytda penalti tepish huquqini Antuanga bersin. Messi bir paytlar Lus Suaresni shunday qo‘llab-quvvatlagan-ku, - dedi Rivaldo.
Antuan Grizmann “Barselona”ga o‘tganidan buyon 39 ta uchrashuvda 14 ta gol urdi. Hujumchi so‘nggi to‘rtta uchrashuvdan beri maydonni quruq tark etmoqda.
Fikrlar