Sobiq futbolchi Messiga javob qaytardi: "Sen professional emasligingni ko‘rsatding"

  • 20.01.2025 18:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Sobiq Meksika futbolchisi Adolfo Bautista Lionel Messi bilan yuz bergan vaziyat haqida gapirdi. Avvalroq, Meksikaning "Amerika" klubi va "Inter Mayami" o‘rtasidagi  o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Messi meksikalik muxlislarga Jahon chempionatlaridagi mamlakatlar g‘alabalarini qo‘l harakatlari bilan ko‘rsatgan edi.

"Men seni futbolchi sifatida hurmat qilardim, ammo sen mening mamlakatimga aralashganing, bu esa seni professional emas va kamtarona emas ekaningni ko‘rsatadi", - deb yozdi Bautista ijtimoiy tarmoqlarda.

Argentina terma jamoasi tarixda uch marta Jahon chempionatini yutgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!