Sobiq futbolchi nima sababdan "Barselona" Chempionlar Ligasini yuta olmasligini aytdi
"Chelsi" va Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Emmanuel Peti "Barselona" joriy mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmasligiga ishonch bildirdi.
"Asosan hammasi Yamalga bog‘liq. Jamoada top-futbolchilar bor, ammo o‘z davridagi Messi kabi jahon darajasidagi futbolchilar yo‘q.
Bunday himoyachilar bilan EChLni yutish mumkinmi? Aslo! Buning iloji yo‘q. Ular juda ko‘p hujumlarni o‘tkazib yuborishadi. Buni "Inter" bilan yarim final o‘yinlarida ko‘rdik. Yarim finalda etti golni qanday o‘tkazib yuborish mumkin? Siz menga: "Ha, lekin ular oltita gol urishdi," deysiz. Biroq, Yamal olib tashlansa, "Barselona"da nima qoladi? Hujum yaxshi, himoya yaxshi emas. Bu xuddi kazinoga o‘xshaydi: hamma narsani Lamin ustiga qo‘yishgan.
Yamal yakka holda EChLda g‘alaba qozona olmaydi. Messiga katta hurmat bilan qarayman, ammo Xavi, Inesta, Puyol va bu yigitlarsiz u ham EChLni yutishi dargumon edi", - deya Petining so‘zlarini keltirdi Snabbare.

Fikrlar