Sobiq hakam Mbappe bilan bogʻliq vaziyatga baho berdi: "Bu penalti emas"
Sobiq hakam Pavel Fernandez La Liganing 31-turidagi "Jirona" — "Real" (1:1) uchrashuvida Kilian Mbappe ishtirokidagi bahsli epizod yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.
Mazkur vaziyat o‘yning 88-daqiqasida sodir bo‘ldi. Mbappe darvoza maydoni chekkasi tomon harakatlanayotgan paytda "Jirona" himoyachisi Vitor Reis bilan to‘qnashdi va shundan so‘ng maydonga qulab tushdi. Epizodda himoyachi nafaqat oyoq qismida kontakt qilgan, balki qo‘li bilan fransuz hujumchisining yuziga ham tegib ketgan.
Pavel Fernandez ushbu holat VARni ishontrmaganini va penalti belgilash uchun yetarli asos bo‘lmaganini ta’kidladi.
"Vitor Reis, ko‘rinishidan, Mbappening yuziga qo‘li bilan engil tegib ketgan. Shundan keyin fransuz g‘oy tirsak bilan qattiq zarba olgandek gazonga yiqildi. Bu vaziyat VARni ishontrmadi. Bu — penalti emas", — deb yozdi Fernandez.
Fikrlar