Sobiq hakam: "Penalti yo‘q edi"

  • 25 noyabr, 2022, 20:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eduardo Iturralde Gonsales kecha Portugaliya - Gana bellashuvida afrikaliklar darvozasi tomon belgilangan penalti borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Kecha JCh-2022 1-turidan o‘rin olgan bahsda portugallar Afrika qit’asi vakilini 3:2 hisobida taslim etdi. 65-daqiqada Santush jamoasi penaltidan urilgan gol evaziga hisobni ochgandi. 

"Mening fikrimcha, Ronaldu bilan sodir bo‘lgan vaziyatda penalti yo‘q edi. U chiroyli sho‘ng‘idi. Biroq ushbu holatda 11 metrlik jarima zarbasi bor, deydiganlarni tushunaman", - dedi sobiq ispaniyalik hakam. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!