Sobiq jahon chempioni: "Aleksandr Usikning yaroqlilik muddati tugadi"
Sobiq jahon chempioni Billi Jo Sonders ukrainalik Aleksandr Usik va angliyalik Mozes Itauma oʻrtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Hozirgi paytda istalgan bokschi Itaumaga qarshi ringga chiqsa, yutqazishi mumkin, faqat Usikdan tashqari! Ularning toʻqnashuvuni hozir koʻrishni istamasdim. Mana, ikki-uch yil oldin boʻlganida edi — boshqa gap. Oshanda mazkur bahs ancha qiziqarli boʻlardi, ammo oʻsha payt bu jang oʻtkazilmadi. Har bir bokschining oʻz “yaroqlilik muddati” bor. Menimcha, Usik hozir faqat pul uchun bokda qolishga harakat qilyapti", — dedi Sonders.
Eslatib oʻtamiz, 29 avgust kuni Londonda 21 yoshli Mozes Itauma anchagina tajribali Filip Hrgovichga qarshi ogʻir vaznda IBF chempionligi uchun ringga koʻtariladi.

Fikrlar