Soboslai: «Agar biz buni qaytarsak, “Liverpul”ni hech kim to‘xtata olmaydi»

  • 08.09.2026 15:05
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» yetakchi futbolchilaridan biri Dominik Soboslay jamoaning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola qo‘l ostidagi o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi.

 

Uning ta’kidlashicha, Iraola jamoaga juda yuqori sur’atdagi, talabchan futbolni taklif qilmoqda.

 

«Yangi murabbiyimiz juda intensiv futbolni talab qiladi. Bu menga yoqadi. O‘tgan mavsum aynan shu narsa yetishmagandi. Agar biz yana o‘sha zarur shiddatni qaytarsak, maydonda boshqalardan ko‘ra ko‘proq istak va iroda ko‘rsatsak, bizni hech kim to‘xtata olmaydi», – deya keltiradi Soboslayning so‘zlarini «qizillar» matbuot xizmati.

 

Eslatib o‘tamiz, Angliya premier-ligasining uch turidan so‘ng «Liverpul» hisobida besh ochko bor. Andoni Iraola shogirdlari musobaqa jadvalidа hozircha oltinchi pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!