Soboslai: “Qoidalar inson hayotidan muhim emas”

  • 24 iyun, 2024, 19:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dominik Soboslai Vengriya terma jamoasi o‘yinidan so‘ng shifokorlar ishidan noroziligini bildirdi.

Tecno

Kecha vengriyaliklar “Evro-2024” 3-turida Shotlandiyani mag‘lub etishdi (1:0) va “A” guruhida uchinchi o‘rinni egallashdi.
68-daqiqada shotlandiyalik darvozabon Angus Gunn vengriyalik hujumchi Barnabas Varga bilan to‘qnashib ketdi. 30 yoshli futbolchi  yiqilib tushdi, u vohimali harakatlar qilib xushini yo‘qotdi. Vargani kameralardan to‘sishdi va uzoq vaqt tibbiy yordam ko‘rsatib, uni zambilda olib ketishdi.

 Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi shunday dedi: “Varganing yuz suyagi singan. U boshqa Evroda o‘ynamaydi”.

O‘yindan so‘ng terma jamoa sardori Sobozlai ham bo‘lgan mudxish hodisa haqida o‘z fikrlarini aytdi. 

“Men buni hech kimga tilamayman. Men Varga yaqinidagi birinchilardan bo‘ldim. Umid qilamanki, u bilan hammasi yaxshi.

Men tibbiy protokol qanday ishlashini bilmayman, nega paramediklar yugurdi yoki darhol zambilni olib kelishmadi. Biz shifokorni itarib yubordi, men esa zambilni ko‘tardim, inson hayoti bunday paytda qoidalardan muhim deb o‘ylayman",-dedi Vengriya sardori va "Liverpul" yarim himoyachisi Soboslai.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!