"So‘g‘diyona" - AGMK. Tarozi pallasi kimning tomoniga og‘adi?
Mazkur jamoalar to‘qnashuvlari tarixiga e’tibor qaratsak, bo‘lajak o‘yin "So‘g‘diyona" - AGMK o‘rtasidagi 22-uchrashuvga aylanadi. Qizig‘i, qayd etilgan natijalar ko‘rsatkichi teng. O‘tkazilgan bellashuvlarning 8 tasida AGMK g‘alaba qozongan va xuddi shuncha yutuq "So‘g‘diyona" hisobida ham bor. Qolgan 5 o‘yinda esa durang qayd etilgan. Hozircha mazkur jamoalar qarama-qarshiligida tarozi pallasi teng turibdi. To‘plar nisbati ko‘rsatkichi esa olmaliqliklar foydasida: 35-30.
"Paxtakor"ga qarshi o‘yinni jarohati tufayli o‘tkazib yuborgan Zafar Polvonov tezroq jarohatdan forig‘ bo‘lib, safga qaytish uchun alohida dastur asosida shug‘ullanmoqda. Shuningdek, kichik jarohati bois umumiy guruhdan chetda qolgan Bobur Yuldoshev asosan engil mashg‘ulotlar bilan cheklandi. Qayd etish kerakki, Bobur Yuldoshev Jizzaxdagi o‘yinni sariq kartochkalari soni to‘rttaga etgani bois diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradi. Zafar Polvonov esa jarohati tufayli mazkur bellashuvda AGMKga ko‘maklasha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Superliganing 18-turi doirasidagi "So‘g‘diyona"ga qarshi bahs Jizzaxdagi "Markaziy" stadionda 27 avgust kuni soat 19:15da boshlanadi.

Fikrlar
Uz uyida muxleslari oldida uynedi