"So‘g‘diyona" Karpin jamoasiga yirik hisobda yutqazdi
Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi bugun BAAdagi yig‘in doirasida "Dubay Sports Citi" stadionida Rossiya premer-ligasi vakili "Rostov"ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Taniqli murabbiy Valeriy Karpin boshchiligidagi rostovliklar javobsiz uchta gol evaziga g‘alaba qozonishdi.
Gollarga Nikolay Komlichenko, (22), Muhammad Mohebe (47) va Egor Golenkov (49) mualliflik qildilar.
"So‘g‘diyona"ning boshlang‘ich tarkibi: Shoxrux Isoqov, Zoir Jo‘raboev, Otabek Axadov, Xondamir Mustafoqulov, Suxrob Izzatov, Ehsoni Panshanbe, Stanislav Andreev, Dilshod Misraliev, Samandar Mavlonqulov, Lyupcho Doriev, Javohir Qahramonov.



Fikrlar