
“So‘g‘diyona” “Navbahor”ga qarshi tayyorgarlikni bugundan boshlaydi
Oliy liganing 27-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qildi va 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Ikki kunlik tananaffusdan so‘ng jizzaxliklar bugun “So‘g‘diyona” qarorgohida yig‘iladi va navbatdagi turdagi raqibi “Navbahor”ga qarshi tayyorgarlikni boshlaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, klub 8 noyabr kuni Namanganda “Navbahor”ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar