“So‘g‘diyona” — “Neftchi” chiptalar 9 martdan sotuvda
“So‘g‘diyona” jamoasi Superliganing 2-turida o‘z maydonida Farg‘onaning Neftchi jamoasini qabul qiladi.
Ushbu o‘yinga qiziqish yuqoriligi inobatga olinib,yurtdoshlarimiz uchun qulaylik yaratish maqsadida mazkur bahs uchun chiptalar 9 mart kunidan sotuvga chiqariladi. Bu haqda jizzaxliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.
Chiptalarni stadion kassalaridan xarid qilish mumkin. Chiptalar narxlari: Kattalar uchun 5000 so‘m,bolalar uchun 2000 so‘m.
“So‘g‘diyona” — “Neftchi” uchrashuvi 10 mart kuni soat 20:00 da “So‘g‘diyona” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar