"So‘g‘diyona" penaltidan foydalana olmagan bahsda mag‘lub bo‘ldi

  • 19 fevral, 2022, 21:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi ham Turkiyada navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashdi. Bu safar Ulug‘bek Baqoev shogirdlari Ukrainaning “Minay” jamoasiga qarshi maydonga tushdilar.

Tecno

"So‘g‘diyona" matbuot xizmatining yozishicha, o‘yinning 67-daqiqasida “Minay” jamoasi foydasiga penalti belgilandi. Ukrainalik Seleznyov unumli foydalanib hisobni ochdi.

80-daqiqa o‘tib borayotganida endi “So‘g‘diyona” penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biroq Ayubxon No‘’monov 11 metrlik jarima zarbasidan gol ura olmadi. Shunday qilib, o‘yin taqdirini yagona gol hal qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!