
"So‘g‘diyona" Rossiyaning "Axmat" klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi
Bugun "So‘g‘diyona" Turkiya yig‘inida navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Raqib Rossiya premer-ligasi vakili – "Axmat" klubi bo‘ldi. Kelishuvga ko‘ra, o‘yin yopiq tarzda o‘tkazildi.
Keskin bahsda o‘tgan uchrashuvda jizzaxliklar bor kuchi bilan harakat qildi, biroq natijada 0:2 hisobida raqibga imkoniyatni boy berildi.
"So‘g‘diyona" - "Axmat" - 0:2
"So‘g‘diyona" tarkibi: Milan Mitrovich, Zoir Jo‘raboev, Otabek Ahadov, Dilshod Misraliev, Samandar Mavlonqulov, Xondamir Mustafoqulov, Ehsoni Panshanbe, Suhrob Izzatov, Nodir Soyibov, Lyupcho Doriev, Javohir Qahramonov.
Fikrlar