
"So‘g‘diyona" yana bir futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi (foto)
Tajribali yarim himoyachi Daniel Nasriddinov 2023 yilgi mavsumda ham "So‘g‘diyona" sharafini himoya qiladi. Nasriddinov bilan shartnoma muddati 2023 yilning 1 dekabrigacha uzaytirildi.
Ma’lumot o‘rnida, Daniel 2022 yilda 52 ta o‘yinda ishtirok etib, jami 2349 daqiqa maydonda harakat qildi. Statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Superliga-2022 mavsumda jami 10 uchrashuvda (1561 daqiqa) maydonda harakat qilib, 2 ta gol urishga erishdi. Shuningdek 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Nasriddinov OFK kubogi doirasida 6 o‘yinda maydonga tushib, 370 daqiqa harakat qildi. O‘zbekiston kubogi doirasida 7 o‘yinda maydonga tushib, bir marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qildi hamda 418 daqiqa maydonda harakat qildi.
Manba: "So‘g‘diyona" matbuot xizmati.
Fikrlar