Sohibjamol Esbosinova Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Qirgʻiz Respublikasida sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Unda terma jamoamiz hisobiga 1 ta bronza medali yozildi. 

Mazkur medalni -53 kg vazn toifasida kurashgan Sohibjamol Esbosinova keltirdi. Hamyurtimiz uchinchi oʻrin uchun bahsda janubiy koreyalik raqibasini magʻlubiyatga uchratdi.

Bugun kun davomida oʻtkaziladigan erkin kurash bahslarida qator sportchilarimiz gilamga chiqishadi. 

Final:

-65 kg: Umidjon Jalolov — Sujit (Hindiston)

Bronza medali uchun:

-70 kg: Shahzodbek Yarashev — Sina Halili (Eron)
-79 kg: Razambek Jamalov — Daulet Ergesh (Qozogʻiston) / Suldhu Olonbayar (Moʻgʻuliston)
-97 kg: Sherzod Poyonov — Viki (Hindiston)

Saralash bahslari:

-61 kg: Gʻulomjon Abdullaev — Vanhao Zou (Xitoy)
-74 kg: Begijon Qoʻldoshev — Batukingele (Xitoy)
-86 kg: Bobur Islomov — Mukul Dahiya (Hindiston)
-92 kg: Sadriddin Daminjonov — Bat Byabbasuren (Moʻgʻuliston)
-125 kg: Hasanboy Rahimov — Taiki Yamamoto (Yaponiya) / Dinesh (Hindiston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!