Son gol urgan o‘yinda "Tottenxem" g‘alaba qozondi
Angliya Premer ligasining 24-turida "Tottenxem" va "Norvich" klublari o‘zaro bahs olib borishdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda Mourino shogirdlari 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi.
Bellashuvning 38-daqiqasida Alli hisobni ochgan bo‘lsa, osiyolik Son Xyon Min 79-daqiqada "shporlar"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Mehmonlar 70-daqiqada penaltidan kiritilgan yagona gol bilan javob qaytara olishdi holos. "Norvich"ning goliga jamoa to‘purari Teemu Pukki mualliflik qildi.
Fikrlar