
So‘nggi daqiqalarda amalga oshgan 4 transfer bilan tanishing
Transfer oynasi yakuniga oz muddat qolmoqda. shu bois biz sizlarga hozirgacha amalga oshgan transferlar borasida to‘xtalmoqchimiz.
PSJ "Valensiya" yarimhimoyachisi Karlos Soler bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, transfer 18+3 million evroni tashkil qilgan.
"Arsenal" yarim himoyachisi Ensli Meytlend-Naylz jamoani tark etdi va "Sautgempton"ga ijara asosida o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Shuningdek, ijarada sotib olish bandi ham nazarda tutadi.
"Barselona" yarim himoyachi Abde Ezzalzuli bilan shartnomani uzaytirdi va uni "Osasuna"ga ijaraga berdi.
20 yoshli marokashlik vinger bilan yangi shartnoma 2026 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. Shuningdek, bitimda 200 million evro miqdorida tovon puli ham ko‘rsatilgan.
Futbolchi "Osasuna"da 2023 yilning 30 iyuniga qadar o‘ynaydi.
Yarim himoyachi Aster Vranks "Volfsburg"ni tark etdi va faoliyatini Italiyada davom ettiradi. Belgiyalik futbolchi "Milan"ga o‘tdi. Bu haqda “rossonerilar” matbuot xizmati xabar berdi.
Belgiyalik 19 yoshli futbolchi "Milan"da ijara asosida o‘ynaydi. Shu bilan birga, italiyaliklar yarim himoyachini sotib olish huquqiga ega.
Fikrlar