So‘nggi para pauerliftingchimiz ham o‘z ishtirokini yakunladi

  • 30 avgust, 2021, 07:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bundan biroz avval para pauerlifting bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -107 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nuriddin Davlatov o‘z ishtirokini yakunladi.

Tecno

Afsuski, sportchimizning uchchala urinishi ham hakamlar tomonidan inobatga olinmadi va shu bilan Nuriddin musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida Ro‘za Qo‘zieva kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida -88 kg vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Farhod Umrzoqov 4-o‘rinni egallagan edi.

Shu tariqa para pauerliftingchilarimizning Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki o‘z nihoyasiga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!