Soqqa qilishda Ronalduga etadigani yo‘q!

  • 19.01.2026 08:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Shimoliy Amerikaning nufuzli Sportico nashri 2025 yilda eng ko‘p daromad topgan sportchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, pul topishda Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu juda katta farq bilan yetakchilik qilmoqda.

2025 yilda eng ko‘p maosh olgan 10 nafar sportchi:

  1. Krishtianu Ronaldu (futbol) — $260 mln
  2. Saul Kanelo Alvares (boks) — $137 mln
  3. Lionel Messi (futbol) — $130 mln
  4. Xuan Soto (beysbol) — $129,2 mln
  5. Lebron Jeyms (basketbol) — $128,7 mln
  6. Karim Benzema (futbol) — $115 mln
  7. Stefen Karri (basketbol) — $105,4 mln
  8. Syohey Otani (beysbol) — $102,5 mln
  9. Kevin Dyurant (basketbol) — $100,8 mln
  10. Jon Ram (golf) — $100,7 mln

Qayd etilishicha, Ronaldu ushbu reytingda 2024 yilda ham shunga yaqin daromad bilan yetakchi bo‘lgan edi. O‘sha yili ikkinchi o‘rinni Stefen Karri ($153,8 mln), uchinchi qatorni esa bokschi Tayson Fyuri ($147 mln) egallagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!