Asosiy mazmunga oʻtish

Sovrin jamg‘armasi 200 million so‘mlik “Uzbekistan Judo Tour” turniri yakunlandi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Fargʻonada katta turnir tashkil etildi.

Fargʻona shahrida dzyudo boʻyicha “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Sovrin jamgʻarmasi 200 million soʻmni tashkil etgan turnirda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan polvonlar bahs olib borishdi. 

Bellashuvlar yakuniga koʻra, Mirzohid Mahammadjonov (-66 kg), Bobur Yangiboyev (-81 kg), Nurbek Murtazoev (-90 kg) va Muxlisa Qodirberganova (+70 kg) oʻz vazn toifalarida oltin medalga sazovor boʻlishdi.

Bu haqida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q