Spalletti: "Hal qiluvchi pallalarda noto‘g‘ri qarorlar qabul qildik"
"Yuventus" bosh murabbiyi Spalletti Italiya Kubogi chorak finalida "Atalanta"ga qarshi uchrashuvdagi (0:3) mag‘lubiyatni izohladi.
"Uchrashuvning hal qiluvchi pallalarda ular bizdan yaxshiroq o‘ynashdi. 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin ko‘p narsa aytish qiyin. Palladino va “Atalanta”ni tabriklaymiz, bu yaxshi shakllangan va chiroyli futbol namoyish etadigan jamoa.
O‘yin keskinlashgan vaziyatlarda biz noto‘g‘ri qarorlar qabul qildik. To‘p aylanma harakat qilgan paytlarda statistika muhim ahamiyatga ega, ammo xavfli vaziyatlarda tez va aniq qaror qabul qilish zarur. Aynan shunday pallalarda biz xatoga yo‘l qo‘ydik, ular esa to‘g‘ri yo‘l tutdi.
Ayrim holatlarda ikki futbolchimiz bitta raqibga qarshi chiqishi mumkin edi, ammo biz to‘pni burchak tomon yo‘lladik. Ba’zan bunday vaziyatlarni to‘g‘ri anglash uchun tajriba yetishmaydi. Hal qiluvchi daqiqalarda o‘tkirlik va fikr ravshanligi kamlik qildi. Bunday holatlar uchrab turadi.
Taraqqiyot butun jamoaning mashg‘ulotlariga bog‘liq. Bizda ham boshqa jamoalar kabi ayrim kamchiliklar bor, ammo men jamoamizni bir butun deb his qilaman. Shunchaki o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin bo‘lgan pallalarni to‘g‘ri anglashimiz kerak. Chunki imkoniyatlar soniga qarasangiz, natija mantiqiy ko‘rinmasligi mumkin.
0:3 hisobida yutqazgandingdan keyin futbolchilar mehnat qildi va yaxshi o‘ynadi deyish g‘alati. Menga yoqmagan jihat — o‘yning so‘nggi qismida tartibsiz harakat qilganimiz va yakkaharakat orqali vaziyatni o‘zgartirishga urinishimiz bo‘ldi. Natijada uyushqoqlikni yo‘qotdik va jamoaviy birlik pasaydi".
Penalti belgilanishi haqida esa Spalletti shunday dedi:
"Bu penalti, chunki qo‘lga tegish bor edi. Men boshqa masalalarga e’tibor qarataman, mening ishim boshqa", — dedi murabbiy.
Fikrlar