Spalletti Xitoydan bo‘lgan taklifni rad etdi

  • 21.12.2019 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyalik mashhur murabbiy Luchano Spalletti faoliyatini Xitoyda davom ettirishni xohlamadi.

Tuttomercatoweb tarqatgan xabarga ko‘ra 60 yoshli mutaxassis Chin yutining "Guanchjou Fuli" klubidan bo‘lgan 3 yillik taklifni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, Spalletti faoliyati davomida "Zenit", "Roma" va "Inter" kabi jamoalarni boshqargan.

Ma’lumotlarga qaraganda garchi Spalletti iste’foga chiqarilgan bo‘lsada “Inter” unga maoshini to‘lab bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!