"Spartak" Dubaydagi o‘yinda ishtirok etishni rad etdi

  • 16 yanvar, 2021, 18:17
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Spartak" Dubayda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Zenit"ga qarshi o‘yinni bekor qildi. Sankt-peterburgliklar bosh murabbiyi Sergey Semak bu haqda aytib o‘tdi:

Tecno

"Spartak" o‘yinni rad etdi. Biz shunday taklif bilan chiqdik, sharoitni hisobga olgan holda, ularga qarshi maydonga chiqishni istagandik, ammo ular o‘z rejalariga ega. Shu sababli, ular biz bilan o‘ynay olmaydi",-dedi murabbiy.

Ma’lumot uchun moskvaliklar Dubaydagi yig‘in doirasida "Paxtakor" bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs 30 yanvar sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
16/01/2021 20:26
Paxtakorga omad agar Oston tushmasa Spartak darvozasini ilma teshik qilib tashlashsin