"Spartak" endi "Napoli" futbolchisiga e’tibor qaratmoqda

  • 22.09.2020 13:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moskvaning "Spartak" klubi rahbariyati jamoaning o‘ng qanot himoyasini kuchaytirish uchun yana bir nomzodni topib qo‘ydi.

Jurnalist Nobel Arustamyanning yozishicha, agar rus grandi "Tottenxem" himoyachisi Serj Oreni sotib ololmasa, u holda bor e’tiborini "Napoli" futbolchisi Elseid Xyusayga qaratadi. “Spartak” 26 yoshli albaniyalik futbolchi bilan allaqachon dastlabki muzokaralarni ham o‘tkazgan.

Orening Rossiyaga kelishi esa oilaviy sabablarga ko‘ra barbod bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!