“Spartak” sobiq bosh direktori “soqqa qilish” uchun O‘runovdan foydalangan ekan!

  • 23 sentabr, 2021, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Oston O‘runovni Rossiya futboliga olib kirgan, “Spartak”da bosh direktori bo‘lganida hamyurtimizni ushbu klubga o‘tkazgan va “Ufa”ga qaytargan Shamil Gazizovning antiqa ishlari oshkor bo‘lmoqda.

Tecno

“Spartak”dagi faoliyati yarim yil ham davom etmagan Shamil Gazizov anchadan beri klub va uning xo‘jayini Leonid Fedun bilan sudlashmoqda. Asosiy muammo – pul. Gazizov uning haqini berishmaganidan shikoyat qilyapti, Fedun esa bu mutaxassis uni aldaganini ta’kidlayapti.

large (1)_14

Pul talashish masalasiga chuqur kirmasdan, ayrim ma’lumotlarni keltiramiz va asosiy e’tiborni Oston O‘runov atrofidagi vaziyatga qaratamiz.

Sudda “Spartak” prezidenti Leonid Fedun Shamil Gazizov bilan tuzilgan qo‘shimcha shartnoma bo‘yicha uni chalg‘itishganini ta’kidladi. Fedun bu shartnomani klubning kadrlar xizmati tayyorlaganiga va u barcha qonun-qoidalarga to‘g‘ri kelishiga ishongan va uni imzolagan.

Shundan so‘ng, klub katta xarajatlar qilishiga to‘g‘ri kelgan. “Spartak” vakillari sudga Gazizovning xavfsizligi uchun uch yarim million rubldan ko‘p mablag‘ sarflanganini ta’kidlamoqda.

Bundan tashqari, Gazizov klubdan oyiga olti yarim million rubldan ortiq pul topgan. Shartnoma bo‘yicha har yili 30 million rublni mukofot tariqasida olishi rejalashtirilgan. Sud fikriga ko‘ra, ish shu taqlid davom etganida Gazizov “Spartak”dan shartnoma bo‘yicha 500 million rubldan ortiq mablag‘ olardi.

Bu masalalar o‘z yo‘liga. Biroq, Oston O‘runovning transferida  ham shartnomaga g‘alati bandlar kiritilgani oshkor bo‘ldi. Ular na klub, na o‘yinchi foydasiga, balki ko‘proq  Gazizovning manfaatiga xizmat qiladi.

53b9a3f1c7b8287c

Unga ko‘ra, Oston O‘runov keyinchalik “Spartak”dan boshqa klubga million evrodan qimmatga transfer qilinsa, bu summaning 50 foizi Shamil Gazizovga o‘tkazilishi belgilangan.

Eng qizig‘i, Oston O‘runov uchun 6 million evro va undan balandroq summa taklif qilinsa, “Spartak” bu transferga ko‘nsa yoki rad etsa ham, Gazizovga shartnoma bo‘yicha taklif etilgan summaning 50 foizini to‘lashi kerakligi ko‘rsatilgan.

Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Shamil Gazizov Oston O‘runovdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalangan bo‘lishi mumkin. Chunki, hamyurtimiz debyut mavsumida “Ufa”da zo‘r o‘ynaganidan keyin unga Rossiya premer-ligasining deyarli barcha etakchilaridan taklif kelib tushdi.

2020 yilning yozida Shamil Gazizov “Ufa” bosh direktorligidan “Spartak”dagi shu lavozimga o‘tkazilgani Oston O‘runovning taqdirini shu klub bilan bog‘lanishiga sabab bo‘ldi. Shamil Gazizov boshqa klublar “Spartak”dan ko‘ra ko‘proq summa taklif qilganiga qaramay, O‘runovni bir million evro atrofidagi mablag‘ evaziga “qizil-oq”larga safiga olib o‘tdi.

To‘g‘risi, mamlakatimizning eng iste’dodli futbolchilaridan hisoblangan Oston O‘runov uchun bu achchiq tajriba bo‘ldi. Asosan aniq taktik sxemalar va talablar asosida o‘yin quradigan “Spartak” murabbiylar shtabi kreativ futbolchi sifatida erkin harakat qiladigan legionerimizga etarlicha imkoniyat bermadi. Keyinchalik futbolchining ko‘p jarohatga yo‘liqqani ham uning zaxiraga mixlanishiga sabab bo‘ldi.

Ayni paytda “Ufa” Oston O‘runovni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan. Biroq, legionerimiz bu jamoa safida ham kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayarti. Keyingi paytda O‘runov uchrashuvlar qaydnomasiga kiritilmagan holatlar ham ko‘p uchramoqda.

urunov-blizok-k-perehodu-iz-

Biz O‘runovga tezroq o‘z o‘yinini topib olishini tilaymiz!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugbek Nevajno
23/09/2021 18:11
Uzbekistan Legioners телеграм каналида бугунги мухим уйинлани анонси и силкалари жойланган! кимга кизу болса бугун Ал Ахли Дубай, Ал Наср, Рома уйниди
Baxil Alihuja
23/09/2021 11:28
Лукойл аралашган жойда харом булади! Лукойл бу Узбекистонга утириб олган ута без зулук. Спартак булса шу зулукни канаси.
&
Kankret bola
23/09/2021 23:00
Shu O'runov seriali vapshe z..... qivordie
Azgina etiborli bo'lishb kere tamom kim nima disa ko'nib keturmi Gazizov ham yosh bolade aldamagandur O'runov ham azgina bo'sayam nimaga qo'l qo'yvothanini yoki undan nima talab qilinvotganini bilib o'tgan Spartakka endi boqela bunaqa rivojlanib ketgandan keyin o'zi qopketti bola. Lekin hichnarsadan behabar bunaqa narsaga rozi bo'lish uchun bilmadim odam qanchali sodda bo'lshi kere