Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina yana tengsiz

  • 4 sentabr, 2023, 10:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Turkiyaning Mersin shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chellenj kubogi seriyasiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Ayollar o‘rtasidagi tayanib sakrash dasturida Oksana Chusovitina oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Yurtdoshimiz o‘zining sevimli dasturida 13.067 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda turkiyalik Bengisi Yildiz va Cheren Binerga nasib etdi.

Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 13.067
Bengisi Yildiz (Turkiya) – 12.950
Cheren Biner (Turkiya) – 12.950.

Shuningdek, yana bir sportchimiz Abdulaziz Mirvaliev kumush medalni qo‘lga kiritdi. Yurtdoshimiz ushbu natijaga tayanib sakrash dasturida erishdi. Uning ijrosi hakamlar tomonidan 14.475 ballga baholandi.

Nazar Chepurniy (Ukraina) - 14.900
Abdulaziz Mirvaliev (O‘zbekiston) - 14.475
Igor Radivilov (Ukraina) - 14.450.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!