"Sport" telekanali O‘zbekiston MTJning tarixiy kambekini namoyish etadi

CHERY AUTO

"Sport" telekanali O‘zbekiston milliy terma jamoasi, klublarimizning xalqaro maydondagi tarixiy o‘yinlarini namoyish etib kelmoqda.

Tecno

Telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozilishicha, bugun JCh-2006 uchinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Quvayt terma jamoasi o‘rtasidagi o‘yinni namoyish etadi. Yodingizda bo‘lsa, o‘sha bahsda vakillarimiz 0:2 hisobida ortda qolayotgan vaqtda kambek amalga oshirib, 3:2 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritishgan edi.

Mazkur tarixiy bellashuv soat 22:00 da namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!